Dani Alves ajrashmoqda. "Barsa" sobiq himoyachisi dinga berilib ketgani sababli oilasidan uzoqlashgan - Joana

15 noya 2026, 12:53
"Barselona", "Yuventus", "PSJ" hamda Braziliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Dani Alves rafiqasi Joana Sans bilan munosabatlariga nuqta qo'ydi.

Bu haqda Joana bilan suhbatlashgan jurnalist Xavi Oyos ma'lum qildi.

Juftlik 2017 yilda turmush qurgan edi. 2025 yilning oktyabr oyida esa ularning Xuleta ismli qizi dunyoga kelgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, ajrim tashabbuskori aynan Sans bo'lgan. Bunga 43 yoshli braziliyalikning hayotida din tobora katta o'rin egallay boshlagani va bu holat ularning o'zaro munosabatlariga salbiy ta’sir ko'rsatgani sabab qilib ko'rsatilmoqda.

"Joana Sans va Dani Alves hozirda ajrimni rasmiylashtirish jarayonida. Ushbu ma'lumotni olgach, Joana bilan bog'landim va u menga buning sabablarini tushuntirib berdi.

So'nggi paytlarda barchamiz Dani Alvesning voiz sifatida chiqish qilayotgani aks etgan videolarni ko'rdik. Hozir u evangeliya etiqodi haqida maruza o'quvchi voiz va lektor sifatida dunyo bo'ylab safar qilmoqda.

Joananing menga tushuntirishicha, bu uning rafiqasi va qizidan uzoqlashishiga olib kelgan hamda endilikda u o'zini yolg'iz his qilmoqda.

U Danining etiqodini juda yaxshi tushunishini aytmoqda. Agar u Injilni o'qisa yoki cherkovga borib tursa, buni tushungan bo'lardi. Ammo hayotini butunlay dinga bag'ishlashga qaror qilgani uni rafiqasi va qizidan uzoqlashtirmoqda.

Natijada u tez-tez o'zini yolg'iz his qila boshlagan va qaysidir pallada: 'Etar, menga shunchasi etadi, hammasi tugadi', - degan. Aynan shu sababli ular hozir ajrashishgan va nikohni bekor qilish jarayonini boshlashgan", - dedi Oyos.

O'xshash yangiliklar


Manba: https://www.instagram.com/p/DfstzITsfaI/