

"Bu biz uchun omadsiz kun bo'ldi. Biz hamon birinchi o'rinni egallab turibmiz va bunga erishish uchun ko'p kuch sarflashimizga to'g'ri keldi. Ammo bugun raqib bizdan kuchliroq edi. Biz ishlashda davom etishimiz va yanada kuchliroq bo'lishimiz kerak.
Nimalarni to'g'rilash zarur? To'pga egalik qilishda kerakli muvozanatni topa olmadik va raqib o'zini qulay his qildi. Bundan tashqari, gollar uchrashuvning hal qiluvchi lahzalarida urildi. Penalti biroz kutilmaganda belgilandi. Keyin esa biz o'yinni kuchaytira boshlaganimizda va golga yaqin turganimizda ular to'p kiritishdi… Biz yaxshiroq o'ynashimiz kerak.
Ronaldumi? Bu uning qanday shaxs ekanligi bilan solishtirganda kichik bir ishora, xolos, ammo biz buni aynan hozir qilishni muhim deb hisobladik. U butun bir avlodga va butun mamlakatga ta’sir ko'rsatdi. Biz unga hamisha iliqlik, mehr va hayrat bilan munosabatda bo'lamiz. Ronalduning yo'qligi sababli mag'lubiyat yanada og'riqliroq tuyulyaptimi? Biz g'alabani Krishga va barcha portugaliyaliklarga bag'ishlashni juda xohlagan edik. Biz ishlashda davom etamiz va Uelsga qarshi o'yinda g'alaba qozonish uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz", - deydi Diashning so'zlarini A Bola nashri.



