

Championat.asia sayti turning eng yaxshilarini aniqladi.
Tur murabbiyi - Vadim Shodimatov (“Aral”).
“Aral” 25-turda liga kashfiyoti “G'azalkent”ni qabul qildi. Jamoaning himoya va hujumdagi ishonchli o'yini “Aral”ga 2:0 hisobidagi g'alabani taqdim etdi.

Tur futbolchisi - Asadbek Jo'raqulov, “Jayxun”.
Asadbek Jo'raqulov “BuxDU”ga qarshi bahsda jamoasining joniga oro kirdi. 39-daqiqada buxorolikla 2:1 hisobida oldinda borayotgan edi. Birinchi bo'lim oxirlarida Jo'raqulov hisobni tenglashtirdi. 70-daqiqada esa yana o'sha Asadbek Jo'raqulov gol urdi va jamoasining bu o'yindagi “statusi”ni mag'lubiyatdan g'alabaga o'zgartirdi.

Tur darvozaboni - Sirotilloxon Yusubxonov, "Respublika FA"
“Respublika FA” 25-turda Superliga uchun da'vogarlik qilayotgan “Sho'rtan”ni qabul qildi. Sirotilloxon Yusubxonov liga yetakchilaridan biriga qarshi bahsda ishonchli o'yin ko'rsatib, darvozasini “quruq” saqlashga muvaffaq bo'ldi.

Tur goli - Asadbek Jo'raqulov, “Jayxun”
Tur goli nominaciyasida ham Asadbek Jo'raqulov g'olib bo'ldi. Uning “BuxDU” darvozasiga kiritgan g'alaba to'pi yakunlangan turning eng jozibador goli deb topildi.




