Farg'ona viloyati hokimi "Neftchi" vakillari bilan uchrashdi, ammo Islom Ismoilov u yerda yo'q

Aslanov Jasurbek
4 noya 2026, 17:22
Farg'ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov "Neftchi" jamoasi futbolchilari va murabbiylar shtabi bilan uchrashuv o'tkazdi.

Samimiy va ochiq muloqotda jamoa oldida turgan vazifalar, mavsumning hal qiluvchi uchrashuvlariga tayyorgarlik, hamjihatlik va mas'uliyat masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda "Neftchi" o'zining shonli nomi va boy tarixi bilan birga, bugun xalqaro maydonlarda o'zbek futboli shani va obro'sini ham himoya qilayotgani takidlandi. Bu esa har bir futbolchi va murabbiydan yuksak professionallik, fidoyilik hamda umumiy maqsad yo'lida birlashishni talab etadi.

- "Neftchi" - millionlab muxlislarning mehri, ishonchi va umidini mujassam etgan jamoa. Maydonga tushgan har bir futbolchi klubimiz tarixi, Farg'ona faxri va yurtimiz sharafi uchun kurashayotganini chuqur his qilishi kerak. Bugun barchamizni birlashtiradigan mezon - jamoa manfaati va g'alabaga bo'lgan intilishdir, - dedi viloyat hokimi.

Muloqotda jamoa atrofidagi turli mish-mish va muhokamalarga ham to'xtalib, bor e'tibor va kuchni mashg'ulotlarga, o'yin intizomiga hamda maydonda natija ko'rsatishga qaratish zarurligi qayd etildi. O'zaro ishonch, ahillik va bir-birini qo'llab-quvvatlash hal qiluvchi pallada jamoaning asosiy tayanchi bo'lishi lozimligi takidlandi.

Uchrashuvda “Neftchi” bosh murabbiyi Islom Ismoilov yo'q edi.

Eslatib o'tamiz, “Traktor” hamda “Neftchi” uchrashuvidan so'ng Islom Ismoilov hamda Alisher Odilov o'rtasida kelishmovchilik yuz bergan edi.

photo_2026-11-04_16-27-03 (2).jpgphoto_2026-11-04_16-27-03 (3).jpgphoto_2026-11-04_16-30-00.jpgphoto_2026-11-04_16-27-02.jpgphoto_2026-11-04_16-27-02 (2).jpgphoto_2026-11-04_16-27-02 (3).jpg

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Фарғона вилояти ҳокимлиги канали