

“Murabbiyning o'yin yakunlanmasdan turib, maydoni tark etishi juda xato ish. Biz u bilan ushbu voqea bo'yicha gaplashib olamiz. Manchini o'z harakatlarini tushuntirib berishi kerak va shundan biz so'nggi qarorni qabul qilamiz”, - dedi federatsiya rahbari.
Eslatib o'tamiz, Saudiya Arabistoni termasi bosh murabbiyi Roberto Manchini penaltilar seriyasi yakunlanmasdan maydonni tark etishga qaror qildi. Abdulrahmon G'arib saudiyaliklarning ikkinchi noaniq zarbasini amalga oshirganidan so'ng, Manchini kiyinish xonasiga yo'l oldi. Shundan so'ng, Xvang Xi Chan so'nggi zarbani aniq amalga oshirdi va Koreya Respublikasiga chorak final yo'llanmasini taqdim etdi. Murabbiyning harakatlari esa keskin muhokamalarga sabab bo'ldi.



