Roberto Manchini Italiya terma jamoasiga qaytadi

Sherzod Nurmatov
9 iyun 2026, 13:35
Qatarning "Al Sadd" klubi ustozi Roberto Manchini Italiya terma jamoasi bosh murabbiyiga aylanadi.

Bu haqda jurnalist Janluka di Marcio xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Manchini 2030 yilgacha yiliga 2 million evro maosh oladigan shartnoma imzolaydi.

"Uning terma jamoaga qaytishi shunchaki rasmiyatchilik. Roberto bu o'tishni amalga oshirai, uning o'zi avvalroq bunga shama qilgandi", – deyiladi Di Marcio xabarida.

Manchini 2018 yildan 2023 yilgacha Italiya terma jamoasini boshqargan va uning qo'l ostida Evro-2021 g'olibi bo'lgan. Ayni damda jamoa bosh murabbiyi Jennaro Gattuzoning o'rnini egallagan Silvio Baldini hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com