Rasman: Manchini Qatar klubida ish boshladi

Sherzod Nurmatov
13 noya 2025
Italiyalik murabbiy Roberto Manchini "Al Sadd"ning yangi bosh murabbiyi bo'ldi.

Tomonlar 2,5 yilga mo'ljallangan shartnoma tuzdi.

60 yoshli murabbiy oxirgi bor Saudiya Arabistoni milliy terma jamoasida ishlagan va 2024 yil oktyabr oyida jamoani tark etgandi. Bungacha u Italiya terma jamoasini boshqargan va ularni Yevropa chempionati g'olibligi sari etaklagan. Shuningdek, "Zenit", "Inter", "Galatasaroy", "Manchester Siti", "Lacio" va "Fiorentina" jamoalarida faoliyat yuritgan.

"Al Sadd" Qatar chempionatida 14 ochko bilan 6-o'rinda bormoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: al-saddclub.com