Sanchoga xaridor topildi

Mirjalol Normatov
15 avg 2025
"Roma" Jeydon Sanchoni sotib olishga harakat qilib ko'radi.

Fabricio Romanoning ma'lumotiga ko'ra, Rim klubi "Manchester Yunayted"ga rasmiy taklif jo'natgan va vingerni 20 million funt evaziga sotib olishga tayyorligini bildirgan. Shuningdek, Rim klubi ijara variantini ham o'ylab ko'rishini ma'lum qilgan.

"Roma" shuningdek, "Aston Villa" futbolchisi Leon Beyli bilan ham muzokaralar olib bormoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano