

Bu haqda "The Mirror" xabar berdi.
Manbaning xabariga ko'ra, 26 yoshli ingliz futbolchisi Bundesligaga qaytishni xohlaydi. Dortmundliklar unga maoshi kamayishiga rozi bo'lishi kerakligini aytgan.
Sancho 2025/26 yilgi mavsum ijara asosida "Aston Villa"da o'ynamoqda. U 31 o'yinda 1 ta gol urgan va 3 ta golli pas uzatgan. Uning "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha amal qiladi.
Transfermarkt uning transfer qiymatini 20 million evroga baholamoqda.



