Superliga. "Neftchi" so'nggi soniyalarda urilgan gol evaziga "Navbahor" bilan durangga erishdi

Оқил Абдубарноев
28 iyul 2026, 22:05
Superliga 14-turidan o'rin olgan vodiy derbisi yakunlandi.

Superliga

14-tur

“Neftchi” – “Navbahor” 1:1

Farg'ona. “Istiqlol” stadioni. 20:00

Bosh hakam: Ilgiz Tantashev

Yordamchi hakamlar: Andrey Sapenko, Timur Gaynullin

Zaxira hakami: Sardor Salohiddinov

VAR: Akobirxo'ja Shukurullaev

AVAR: Baxtiyorxo'ja Shavkatov

Nazoratchi: Konstantin Smirnov

Komissar: Shohruh Said

Gollar: 0:1 – 3, Muhammadali Usmonov (Diyor Xolmatov); 1:1 – 90+7, Anvarjon G'ofurov (Jamshid Iskanderov)

"Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Ciger, 5.Ikrom Aliboev, 6.Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 10.Jamshid Iskanderov, 11.Asilbek Jumaev (15.Nurmuhammad Abdug'aniev, 83), 18.Stipe Perica (32.Zoran Marushich, 60), 20.Anvarjon G'ofurov, 21.Muhsinjon Ubaydullaev (9.Xurshid G'iyosov, 61), 22.Alisher Odilov (34.Farruh Sayfiev, 60), 77.Ratino (8.Vladimir Yovovich, 61)

Zaxira: 45.Akbar To'raev, 2.Izzatillo Po'latov, 23.Yovan Jokich, 30.Rustambek Fomin.

"Navbahor": 1.O'tkir Yusupov, 2.Saidazamat Mirsaidov, 4.Islom Mamatkazin, 7.Ruslan Jiyanov (5.Dilshod Komilov, 80), 8.Diyor Xolmatov (6.Shohruh Abdurahmonov, 80), 11.Husayn Norchaev (28.Joel Kojo, 87), 13.Benjamin Teydi, 22.Umar Adhamzoda, 23.Vanya Ilich (20.Quvondiq Ro'ziev, 80), 34.Giorgi Jgerenaya, 77.Muhammadali Usmonov (17.Muhammadali G'iyosov, 61)

Zaxira: 16.Shukron Yo'ldoshev, 30.Jasur Jaloliddinov, 44.Anri Chichinadze, 97.Aleks Fernandes.

Ogohlantirishlar: Jamshid Iskanderov (9), Giorgi Jgerenaya (11), Husayn Norchaev (32), Ibrohimhalil Yo'ldoshev (57), Asilbek Jumaev (63), Umar Adhamzoda (63), Ikrom Aliboev (68), Shohruh Abdurahmonov (90+4), Benjamin Teydi (90+5)

🏁 UCHRASHUV YAKUNLANDI!

Farg'onada kechgan vodiy derbisi jangovor va dramalarga boy tarzda 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi!

⚽️ 90+7'GOL! "NEFTCHI" HISOBNI TENGLASHTIRDI – 1:1!

"Istiqlol" stadioni larzaga kelmoqda! Bunga ishonish qiyin! Burchakdan oshirilgan top – Jamshid Iskanderovning aniq uzatmasidan so'ng Anvarjon G'ofurov bosh bilan o'ta xavfli zarba yo'lladi. "Navbahor" posboni O'tkir Yusupov to'pga chiqishda xatolikka yo'l qo'ydi va to'p to'rga borib tushdi!

O'yin tugashiga soniyalar qolganda Farg'ona jamoasi muvozanatni tiklamoqda! Vodiy derbisida haqiqiy drama!

🟨 90+5' – Mehmonlarda yana bir sariq kartochka! "Navbahor" yarim himoyachisi Benjamin Teydi ogohlantirildi.

"Neftchi"da o'yin so'nggida juda xavfli nuqtadan standart vaziyat yuzaga kelmoqda! Tablodagi hisobni tenglashtirish uchun ajoyib imkoniyat!

🟨 90+4' – Sariq kartochka! "Navbahor" yarim himoyachisi Shohruh Abdurahmonov maydon markazida Ikrom Aliboevning oyog'iga zarba berib yuborgani uchun bosh hakam Ilgiz Tantashev tomonidan ogohlantirildi.

⏱️ 90' – Ikkinchi bo'limning asosiy vaqti tugadi. Bosh hakam Ilgiz Tantashev uchrashuvga 8 daqiqa vaqt qo'shib berdi!

Drama davom etadi – "Neftchi"da muvozanatni tiklash uchun hali vaqt bor, "Navbahor" esa ushbu qimmatli g'alabani saqlab qalishga harakat qiladi!

⚠️ 87' – "Navbahor"dan xavfli qarshi hujum! Mehmonlarning yarim himoyachisi Shohruh Abdurahmonov jarima maydonchasi ichida to'pni qabul qilib, ajoyib fint bilan "Neftchi"ning ikki himoyachisini sirpantirib dog'da qoldirdi. So'ngra to'p yetib borgan Joel Kojo darvozani nishonga oldi – bu safar Botirali Ergashev mahorat ko'rsatib, to'pni qaytarib yubordi!

🔄 87' – "Navbahor" tarkibida navbatdagi o'zgarish! Mehmonlar hujum chizig'ida yangilanish qilmoqda: Husayn Norchaev o'rnini Joel Kojo egallamoqda.

🔄 83' – "Neftchi" tarkibida navbatdagi o'zgarish! Asilbek Jumaev o'rniga maydonga Nurmuhammad Abdug'aniev tushmoqda.

⚠️ 83' – Xavfli vaziyat! "Neftchi" tomonidan oshirilgan burchak to'pidan so'ng Boyan Ciger havoda hammadan baland sakrab, bosh bilan darvozani nishonga oldi – to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi! "Istiqlol" stadioni larzaga kelmoqda, mezbonlar muvozanatni tiklashga juda yaqin kelishdi!

🧤 83' – Yana O'tkir Yusupovdan seyv! "Neftchi"ning zaxiradan maydonga tushgan vakili Farruh Sayfiev o'ng qanotdan jarima maydonchasi ichiga uzatma oshirdi. "Navbahor" himoyachisi Giorgi Jgerenaya to'pni qaytarishda xatoga yo'l qo'ydi va to'p Zoran Marushichga borib tushdi. Serbiyalik hujumchining darvoza tomon yo'llagan kuchli zarbasini Yusupov yana bir bor qaytarib, jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi!

🔄 80' – "Navbahor" tarkibida birdaniga uchta taktik o'zgarish! Murabbiylar shtabi hisobni ushlab qolish va maydon markazini mustahkamlash uchun yangi kuchlarni o'yinga tashlamoqda:

  • Ruslan Jiyanov o'rnini Dilshod Komilov egallamoqda.

  • Diyor Xolmatov o'rniga maydonga Shohruh Abdurahmonov tushmoqda.

  • Vanya Ilich o'rniga esa Quvondiq Ro'ziev o'yinni davom ettiradi.

🎯 79' – "Neftchi" yarim himoyachisi Vladimir Yovovich olisdan aylanma zarba yo'lladi, ammo to'p nishonga aniq bormadi.

🔥 77' – "Neftchi"dan navbatdagi o'ta xavfli tezkor hujum! Jarima maydoni ichida Zoran Marushich qulay uzatmani amalga oshirdi, Xurshid G'iyosovning yo'llagan zarbasidan so'ng to'p darvozaga kirib ketayotgandi, ammo "Navbahor" himoyachisi Saidazamat Mirsaidov to'pni to'g'ridan-to'g'ri chiziq ustidan qaytarib yubordi!

🧤 75' – "Navbahor" posboni O'tkir Yusupovdan haqiqiy supyerdablseyv! Chap qanotdan oshirilgan uzatmaga jarima maydoni ichida Jamshid Iskanderov to'xtatmay kuchli zarba berdi – Yusupov qaytardi! Qaytgan to'pga Asilbek Jumaev 2–3 metr masofadan qaytadan zarba yo'lladi, ammo Yusupov yana bir bor fantastik mahorat ko'rsatdi! Ketma-ket seyvlardan so'ng "Neftchi" futbolchisi ofsaydda qolgani qayd etildi.

🚨 74' – "Neftchi"da juda xavfli imkoniyat! Zoran Marushich raqib himoyasidan qochib kyetib, birga-bir vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi, ammo "Navbahor" posboni O'tkir Yusupov o'z vaqtida oldinga chiqib, xavfni bartaraf etdi va to'pni autga tepib yubordi!

73' – "Navbahor"dan ketma-ket xavfli vaziyatlar! Qarshi hujumda Husayn Norchaev darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, ammo uning bergan zarbasi darvoza to'rining tashqi yon tomoniga tegdi!

🧤 72' – "Navbahor"dan yana bir o'ta xavfli vaziyat! Husayn Norchaev chap oyoqda uzoq pastki burchakni nishonga olib kuchli zarba yo'lladi, ammo "Neftchi" posboni Botirali Ergashev ajoyib seyv ko'rsatib, jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi!

🎯 69' – "Navbahor" hujumchisi Husayn Norchaevning chap oyoqda yo'llagan zarbasi biroz kuchsiz chiqdi va to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

🟨 68' – "Neftchi" yarim himoyachisi Ikrom Aliboev Saidazamat Mirsaidovga nisbatan ishlatilgan qo'pollik uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

67' – "Navbahor"dan xavfli vaziyat! Vanya Ilichning yo'llagan zarbasi darvoza ustunining yonginasidan o'tib ketdi.

🟨 63' – Maydonda janjalli vaziyat yuzaga keldi! "Navbahor" posboni O'tkir Yusupov to'pni egallayotgan mahal "Neftchi" hujumchisi Asilbek Jumaev uni turtib yubordi. Jamoalar o'rtasidagi tortishuvdan so'ng bosh hakam Asilbek Jumaev va Umar Adhamzodaga sariq kartochka ko'rsatdi.

🔄 61'"Navbahor"da almashtirish: 77-raqamli Muhammadali Usmonov o'rniga maydonga 17-raqamli Muhammadali G'iyosov tushdi.

🔄 61'"Neftchi"da almashtirish: 21-raqamli Muhsinjon Ubaydullaev o'rniga 9-raqamli Xurshid G'iyosov o'yinga qo'shildi.

🔄 61'"Neftchi"da almashtirish: 77-raqamli Ratino maydonni tark etdi, uning o'rniga 8-raqamli Vladimir Yovovich tushdi.

🔄 60'"Neftchi"da almashtirish: 18-raqamli Stipe Perica o'rniga maydonga 32-raqamli Zoran Marushich tushdi.

🔄 60'"Neftchi"da almashtirish: 22-raqamli Alisher Odilov o'z o'rnini 34-raqamli Farruh Sayfievga bo'shatib berdi.

🟨57' – "Neftchi" a'zosi Ibrohimhalil Yo'ldoshev qo'l bilan o'ynagani uchun bosh hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.

48' – "Neftchi"dan xavfli vaziyat! Burchakdan uzatilgan to'pni "Navbahor" darvozaboni O'tkir Yusupov ushlashda xatolikka yo'l qo'yib, qo'lidan chiqarib yubordi. Ratino paydo bo'lgan imkoniyatdan foydalanib kuchli zarba yo'lladi – to'p mehmonlar himoyachisiga tegib, maydonni tark etdi.

🚨46' – Ikkinchi bo'limning ilk soniyalaridanoq "Navbahor" a'zosi Benjamin Teydi jarohat oldi. Shifokorlar maydonda unga tibbiy yordam ko'rsatishmoqda.

▶️46' – Ikkinchi bo'lim boshlandi! Jamoalar maydonga qaytdi va maydon egalari “Neftchi” to'pni o'yinga kiritdi.

⏸️45+5' – Birinchi bo'lim yakunlandi! Jamoalar tanaffusga "Navbahor"ning kichik ustunligi bilan yo'l olmoqda.

Birinchi bo'lim juda shiddatli va murosasiz kechdi. "Navbahor" uchrashuvni tezkor gol bilan boshlab, ustunlikni o'z qo'liga olgan bo'lsa-da, bo'lim oxiriga borib "Neftchi" o'yin tizginini to'liq o'z tomoniga og'dirdi. Vaziyatlar soni va bosim bo'yicha mezbonlar katta ustunlik qilishdi, ammo "Navbahor" himoyasi va darvozabonining ishonchli o'yini evaziga hisobni saqlab qoldi.

Ikkinchi bo'limda "Neftchi"dan yanada suronli hujumlarni, "Navbahor"dan esa xavfli qarshi hujumlarni kutish mumkin.

1785254465643.jpg

45+4' – "Neftchi"dan yana bir xavfli hujum! Asilbek Jumaev olis masofadan kuchli va aniq zarba yo'lladi. "Navbahor" darvozaboni O'tkir Yusupov mahorat ko'rsatib, to'pni qaytarishga erishdi!

45+3' – "Neftchi"dan xavfli vaziyat! Ikrom Aliboev olis masofadan kuchli zarba yo'lladi – to'p "Navbahor" darvozasi ustunining yonginasidan o'tib ketdi.

⏱️45' – Birinchi bo'limga bosh hakam tomonidan 5 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

43' – Diyor Xolmatov olis masofadan pastlatib zarba yo'lladi – to'p "Neftchi" darvozasi ustunining yonginasidan maydonni tark etdi.

35' – "Neftchi"dan xavfli vaziyat! Ikrom Aliboev o'ng qanotdan markazdagi jamoadoshlari tomon to'pni uzatdi. To'p Saidazamat Mirsaidovga tegib, yo'nalishini o'zgartirdi va darvoza ustunining yonginasidan maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

🟨32' – Markazda kurash. "Navbahor" hujumchisi Husayn Norchaev "Neftchi" yarim himoyachisi Ratinoga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun bosh hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.

30' – "Neftchi"dan yana bir super vaziyat! Jamshid Iskanderovdan ajoyib uzatma, Stipe Perica yana bir bor darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi. Ammo uning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi darvoza ustunining yonginasidan o'tib ketdi!

⚠️26' – "Neftchi" a'zolari penalti so'rab hakamga etiroz bildirmoqda! Nabatdagi hujumda Giorgi Jgerenaya to'pni uzoqlashtirishda Diyor Xolmatovning qo'liga tegdi. Biroq masofa juda yaqinligi va qo'l tanaga tabiiy yopishgan holatda bo'lgani bois hakam o'yinni davom ettirishga qaror qildi.

25' – "Neftchi"dan xavfli vaziyat! Stipe Perica raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, ammo O'tkir Yusupov zarbani qaytarishga erishdi. Qaytgan to'pga Jamshid Iskanderov birinchi bo'lib yetib keldi va to'pni darvozabon ustidan oshirib qo'ymoqchi bo'ldi, lekin zarba kuchsiz chiqqani bois Giorgi Jgerenaya to'pni uzoqlashtirib yubordi.

1785254600342.jpg

⚠️22' – "Navbahor" tomonidan jarima zarbasi ijro etildi. To'p oldida Umar Adhamzoda... Uning darvoza tomon yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi – to'p to'sin yuqorisidan o'tib ketdi.

21' – "Navbahor" futbolchisiga nisbatan qoida buzildi. Mehmonlar foydasiga standart vaziyat – jarima zarbasi belgilandi.

⚠️13' – Xavfli vaziyat! Muhammadali Usmonov o'tkir burchak ostida jarima maydoniga yorib kirib, darvoza tomon kuchli zarba yo'lladi. "Neftchi" posboni Botirali Ergashev o'z o'rnida ishonchli harakat qilib, to'pni qaytarib yubordi!

🟨11' – "Navbahor" himoyachisi Giorgi Jgerenaya ham ogohlantirildi! Mezbonlarning 11-raqamili futbolchisi Asilbek Jumaev shiddatli qarshi hujumga o'tib ketayotgan bir vaqtda Jgerenaya uni qoidani buzib to'xtatib qoldi. Ilgiz Tantashev mehmonlar himoyachisiga ham sariq kartochka ko'rsatdi.

🟨9' – Ogohlantirish! "Neftchi" sardori Jamshid Iskanderov maydon markazida "Navbahor" himoyachisi Saidazamat Mirsaidovga nisbatan xavfli harakat qildi. Uchrashuv bosh hakami Ilgiz Tantashev hech ikkilanmay Iskanderovga sariq kartochka ko'rsatdi.

🚑5' – "Neftchi" futbolchisi Jumaevga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. Maydon egalari a'zosi jamoadoshiga pas berish vaziyatida oyog'ini biroz qayrib oldi. Shimokorlar maydonga tushishdi, o'yinda kichik tanaffus.

3' – GOL! "NAVBAHOR" HISOBNI OCHDI!

Farg'onada tezkor gol! O'tgan turda hatto qaydnomaga ham kiritilmagan Muhammadali Usmonov derbida hisobni ochmoqda!

"Neftchi" futbolchilarining xato uzatmasidan so'ng Diyor Xolmatov to'pni egallab oldi va uni darhol Usmonovga uzatdi. Usmonov to'p bilan oldinga yurdi – mezbonlar himoyachilaridan hech kim uni kutib olishga shoshilmadi. Usmonov bundan unumli foydalanib, jarima maydoni tashqarisidan darvozaning uzoq pastki burchagini aniq nishonga oldi!

1' – UCHRASHUV BOSHLANDI!

Ilgiz Tantashevning hushtagi chalindi. “Istiqlol” stadionidagi vodiy derbisini "Navbahor" futbolchilari maydon markazidan to'pni o'yinga kiritib boshlab berishdi.

1785253033036.jpg1785252940408.jpg

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi!

Farg'onadagi “Istiqlol” stadioni tribunalari muxlislar bilan lim-mo-lim. "Neftchi" futbolchilari maydonda sariq-qora libosda harakat qilishadi, "Navbahor" vakillari esa oq rangli libosda to'p tepishadi.

O'yin oldidan mezbonlar tarkibida majburiy o'zgarish!

"Neftchi"ning asosiy yarim himoyachisi Yovan Jokich chigal yozdirish mashg'ulotlari vaqtida kutilmaganda jarohat oldi. Shu sababli, u bugungi uchrashuvni o'tkazib yuboradigan bo'ldi. Tarkibda Jokichning o'rnini Jurani Ferreyra egallaydi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia