Samuel Eto'O 6 oyga futboldan chetlashtirildi

Sherzod Nurmatov
2 okt 2024
Samuel Eto'O sentyabr oyida bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatida sodir bo'lgan voqea uchun jazolandi.

"Barselona" va Kamerun terma jamoasi sobiq hujumchisiga 6 oy futbol faoliyatiga aralashishi taqiqlandi.

Bogotada (Kolumbiya) bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi JCHning pley-off bosqichida Kamerun terma jamoasi Braziliyaga qo'shimcha bo'limlarda imkoniyatni boy berdi (1:3). Tabiiyki, Kamerun futbol federatsiyasi prezidenti bu natijadan norozi edi. FIFA tartib-intizom qo'mitasi o'yindan keyin tribunaosti yo'lagida aniq nima bo'lganini oshkor etmayapti.

Komissiya bayonotida aytilishicha, Samuel rasmiylar tomonidan "hujumkor xatti-harakatlar va halol o'yin qoidalarini buzish" va "noto'g'ri xatti-harakatlar"da aybdor deb topilgan.

Eslatib o'tamiz, sobiq futbolchi Kamerun futbol federatsiyasini 2021 yildan buyon boshqarib keladi. Endi u 6 oy davomida barcha yoshdagi terma jamoalar o'yinlariga kela olmaydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: beIN SPORTS