Saliba "Real"ning qiziqishi fonida kelajagi borasida qaror qabul qildi

Alisher Ostonov
27 iyul 2025
"Arsenal" markaziy himoyachisi Vilyam Saliba London klubidan mamnun va 2029 yilgi klublar o'rtasidagi jahon chempionatiga qadar jamoasini o'zgartirish haqida o'ylamayapti.

Takidlanishicha, "kanonirlar" 24 yoshli futbolchi bilan 2027 yilning yozida tugaydigan shartnomani uzaytirmoqchi. "Arsenal" Salibani "qaymoqranglilar" bermoqchi bo'lgan katta pulga ham sotmoqchi emas.

Fransiyalik himoyachi 2019 yilda "Cent-Eten"dan London jamoasiga o'tgan edi. Saliba o'tgan mavsumda barcha musobaqalarda 51 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 80 mln evroni tashkil etadi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Sport.es