Saliba jarohat oldi – Fransiya terma jamoasida uning o'rnini APLdagi boshqa bir futbolchi egallaydi

Sherzod Nurmatov
23 mar 2026, 18:32
"Arsenal" markaziy himoyachisi Uilyam Saliba Fransiya terma jamoasi safida bo'lajak o'yinlarni o'tkazib yuboradi.

24 yoshli futbolchi yakshanba kuni "Manchester Siti"ga qarshi Liga Kubogi finalida maydonga tushdi va u "kanonirlar"ning 0:2 hisobidagi mag'lubiyati bilan yakunlandi. 

O'yindan so'ng francuz futbolchisi to'pig'idan jarohat olgani va terma jamoa yig'iniga bormasligi e'lon qilindi. Bu haqda jurnalist Fabris Xokins xabar berdi. "Arsenal" yulduzining "uch ranglilar" tarkibidagi o'rnini ilgari terma jamoada o'ynamagan "Kristal Pelas" futbolchisi Maksans Lakrua egallaydi.

Fransiyaliklar Braziliya (26 mart) va Kolumbiya (29 mart) terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: London Evening Standard