Rubin Xebay: "Albaniya oxirgi turda hammani xayron qoldiradi va keyingi bosqichga chiqadi"

Iskandarov Abdulaziz
20 iyun 2024
Futbolda g'alaba qozona turib yakunda 3 ochkosiz qolish yoki mag'lubiyatdan qutilib qolish mumkin.

Albaniya terma jamoasi Yevropa chempionatining ikkinchi turida Xorvatiya bilan kuch sinashdi. O'yin esa haqiqiy futbol haroratiga mos bo'ldi. Albaniya terma jamoasining o'yinlari va imkoniyatlari yuzasidan o'tgan mavsum "Andijon"da to'p tepgan albaniyalik Rubin Xebayning fikrlari bilan qiziqdik. 

"Ikkinchi o'yinda g'alaba qozonishimiz kerak edi. Afsuski, durang natija qayd etildi. Umid qilamanki, oxirgi turda barchani xayron qoldiramiz va keyingi bosqichga yo'llanma olamiz. 

Albaniyaning bu musobaqada ishtirok etishdan faqat foyda ko'radi. Futbolchilarning darajasi oshadi. Mahalliy chempionat o'sishga erishadi va o'z mavqeini mustahkamlab oladi. Umuman olganda Yevropa chempionatida yaxshi jamoalar jamlangan. Har bir jamoada yuqori saviyadagi futbolchilar bor. Lekin Krishtianu Ronaldu tufayli Portugaliyaga befarq emasman va Albaniyadan so'ng bu terma jamoani qo'llab-quvvatlayman. Umid qilamanki, ular bu musobaqada g'alaba qozonadilar",- deydi Rubin Xebay.

Albaniya uchinchi turni 24 iyun kuni Ispaniyaga qarshi o'tkazadi. 



Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia