

Mutaxassis har ikki raqibning saviyasini yuqori baholab, O'zbekiston terma jamoasining jahon chempionati ishtirokchisi ekaniga e'tibor qaratdi.
"Raqiblarimiz saviyasidan mamnunmiz. O'zbekiston – jahon chempionati ishtirokchisi. Venesuelaga qarshi uchrashuv ham Krasnodarda ko'plab muxlislarni jalb qiladi.
Raqiblarimiz maydonga eng kuchli tarkibi bilan tushishini istaymiz. Shunda biz ham o'zimizning eng yaxshi o'yinimizni namoyish eta olamiz", – dedi Pisarev.
Ma'lumot uchun, Rossiya terma jamoasi 12 noyabr kuni Toshkentda O'zbekistonga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Valeriy Karpin shogirdlari 17 noyabrda esa Krasnodarda Venesuela terma jamoasini qabul qiladi.



