Vadim Abramov: "Sariq kartochkalarni haddan tashqari ko'p oldik"

31 okt 2026, 20:26
Superliga 26-turdan o'rin olgan "Mashal" – "Dinamo" uchrashuvidan so'ng samarqandliklar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Yirik hisobda g'alaba qozongan bo'lishimizga qaramay, o'yin qiyin kechdi. Buning ustiga haddan tashqari ko'p sariq kartochka oldik, bunday bo'lishini umuman kutmagandik. Bungacha to'rtta o'yinda zafar qucha olmagandik, bugun g'alabaga erishib o'z muxlislarimizni xursand qildik. Yigitlarga o'yindan oldin raqibni mensimaslik yomon oqibatlarga olib kelishini tushuntirdik. Xayriyat, hammasi joyda bo'ldi, futbolchilarimiz berilgan ko'rsatmalarni bajarishdi.

- Behruz Oblaqulov bugungi o'yinda ko'rinmadi.

- Ha, u 20talik qaydnomaga kirmadi, chunki formasi joyida emas.

- Oldinda yana bir muhim bahs kutmoqda. Bu g'alaba jamoaga qanchalik turtki beradi?

- Biz hammasi yaxshi bo'lishidan umidvoramiz. G'alaba yigitlarga qo'shimcha kuch beradi deb o'ylayman. Faqat aytib o'tganimdek, sarik kartochkalar ko'payib ketgani chatoq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia