LIVE. APL. "Chelsi" - "Manchester Yunayted" 0:0 (matnli translyatsiya)

31 okt 2026, 17:28
Angliya Premer-ligasining 9-turidan o'rin olgan bahsning matnli translyatsiyasini ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin.

"Chelsi" - "Manchester Yunayted" 0:0

“Chelsi”: 39. Mayk Penders, 34. Josh Achimpong, 6. Livay Koluill, 3. Uesli Fofana, 10. Koul Palmer, 7. Pedru Netu, 25. Moyses Kaysedo, 2. Marko Palestra, 45. Romeo Lavia, 17. Morgan Rodjers, 41. Estevao.

Zaxira: 28. Teddi Sherman-Lou, 29. Pep Chavarria, 27. Malo Gyusto, 4. Valentin Barko, 23. Jeovani Kenda, 32. Maxdi Nikoll-Jazuli, 22. Emanuel Emega, 18. Denni Uelbek, 37. Olutayo Subuloye.

“Manchester Yunayted”: 1. Senne Lammens, 15. Leni Yoro, 2. Diogu Dalot, 5. Xarri Maguayr, 6. Lisandro Martines, 20. Karlos Baleba, 16. Amad Diallo, 10. Mateus Kunya, 8. Brunu Fernandesh, 17. Andrey Santos, 19. Brayan Mbemo.

Zaxira: 12. Karl Darlou, 4. Matteys de Ligt, 3. Nussayr Mazraui, 26. Eyden Xeven, 37. Kobbi Maynu, 7. Meyson Maunt, 18. Yuri Tilemans, 31. Shi Leysi, 11. Joshua Zirkzee.

45+2. Dastlabki bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

44. Netu o'tkir burchakdan zarba berdi, ammo biroz noaniq ketdi.

43. Amad Fofanadan “Kamavinga uslubi”da o'tib, darvozaga zarba berdi, biroq noaniq bo'ldi…

42. Fofanadan yana bir bosh bilan zarba, bunisi darvoza ustuniga tegib qaytdi.

38. Diallodan zarba, bunisini himoyachi qaytardi!

35. Offsayd! Bekor qilindi gol.

35. Stop, holat VARda ko'rilmoqda.

34. GOL! Kunya hisobni ochdi! Maguayrning bosh bilan bergan uzatmasidan so'ng Kunya bosh bilan darvozani ishg'ol qildi.

32. Yana Diallo oldinga yurish qildi, uning zarbasidan keyin darvozabon to'pni qaytardi.

30. Amadning zarbasidan so'ng to'pni Penders qiyinchilik bilan qaytarib yubordi.

25. Brununing erlatib uzatgan to'piga Mbemo eta olmadi, bo'lmasa hisob ochilishi mumkin edi…

22. Fofananing bosh bilan yo'llagan zarbasidan keyin to'pni Lammens ushlab oldi.

19. MYUdan ajoyib qarshi hujum, Mbemoning super uzatmasidan so'ng Brunu yaxshi vaziyatga chiqdi, biroq bergan zarbasidan so'ng to'p o'ta noaniq ketdi…

17. Hozirga kelib “Chelsi” to'liq hujumga o'tdi, MYU esa himoyalanmoqda.

15. Netuning zarbasidan so'ng to'pni Lammens qaytardi, so'ng Estevao gol urdi, biroq u avvalroq offsaydda qolib ketgan ekan.

9. Endi zarba Santosdan bo'ldi, biroq bunisi ham aniq bo'lmadi.

8. Estevaoning zarbasi noaniq bo'ldi.

6. Ikki jamoa ham dastlabki daqiqalarda xotirjam harakat qilmoqda. Xavfli hujum ko'rmadik.

1. O'yin boshlandi.

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarning APLning 9-turidan o'rin olgan "Chelsi" - "Manchester Yunayted" bahsining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia