

Portugaliya terma jamoasining 41 yoshli hujumchisi Krishtianu Ronaldu JCH-2026 doirasidagi O'zbekistonga qarshi kechayotgan bahsning (2:0, birinchi bo'lim) 6-daqiqasida gol muallifiga aylandi.
Shu tariqa, portugaliyalik futbolchi jahon chempionatlari tarixida 40 yoshdan o'tgach gol urgan ikkinchi o'yinchi bo'ldi.
Turnir tarixidagi eng keksa gol muallifi kamerunlik Roje Milla hisoblanadi. U 1994 yilgi mundialda 42 yoshu 39 kunligida Rossiya terma jamoasi darvozasini ishg'ol qilgan edi.



