Opta: Kabo-Verde terma jamoasining JCH-2026 1/16 finaliga chiqish imkoniyati juda yuqori

Aslanov Jasurbek
23 iyun 2026, 20:28
Opta superkompyuteri futbol bo'yicha 2026 yilgi Jahon chempionatida Kabo-Verde terma jamoasining 1/16 finaliga chiqish imkoniyatlarini hisoblab chiqdi.

Algoritm ma'lumotlariga ko'ra, jamoaning pley-off bosqichiga chiqish ehtimoli 62,2% ni tashkil etadi.

Joriy mundialning guruh bosqichida Kabo-Verde ikkita durang qayd etdi – Ispaniya (0:0) va Urugvay (2:2) bilan. 3-turda ushbu jamoa Saudiya Arabistoni bilan to'qnash keladi. Opta fikriga ko'ra, Kabo-Verdening guruhda birinchi o'rinni egallash imkoniyati unchalik yuqori emas – 2,5%. Jamoa uchun "G" kvartetida eng maqbul variant ikkinchi o'rin (49,3%) hisoblanadi, uchinchi o'rin varianti ham real (21,5%), guruhdan chiqa olmaslik ehtimoli esa 26,7% ga teng.

Turnirning guruh bosqichi 11 iyundan 27 iyungacha davom etadi. Har bir jamoa o'z guruhidagi raqiblari bilan bittadan o'yin o'tkazadi. Pley-offga har bir guruhdan eng yaxshi natija qayd etgan ikkita terma jamoa, shuningdek, uchinchi o'rinni egallagan sakkizta jamoa yo'l oladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Opta Sports