Rasman: Gattuzo - "Lacio"ning yangi bosh murabbiyi

23 iyun 2026, 19:20
"Lacio" Jennaro Gattuzo bosh murabbiy lavozimiga tayinlanganini e'lon qildi.

48 yoshli italiyalik mutaxassis Rim jamoasi bosh murabbiyligi postida "Atalanta"ni boshqarishga o'tgan Mauricio Sarrining o'rnini egalladi.

OAV ma'lumotlariga ko'ra, shartnoma uni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan 2028 yilgacha mo'ljallangan, murabbiyning maoshi esa yiliga 1,5 million evroni tashkil qiladi.

Gattuzo - Italiya terma jamoasi tarkibida 2006 yilgi jahon chempioni hisoblanadi. Klub miqyosida u "Milan"dagi chiqishlari bilan tanilgan bo'lib, ushbu jamoa bilan ikki bor Chempionlar ligasida g'olib chiqqan.

Aprel oyi boshida Gattuzo Italiya terma jamoasi jahon chempionatiga chiqa olmaganidan so'ng, terma jamoa bosh murabbiyligi lavozimini tark etgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com