

O'yin Xyuston shahridagi (AQSH) "En-Er-Dji Stedium" stadionida o'tkaziladi. Uchrashuvni boshqarib borish Abdulraxman Al-Jassimga (Qatar) ishonib topshirilgan.
Jamoalarning boshlang'ich tarkiblari:
Portugaliya: Koshta, Konselu, Arauju, Veyga, Mendesh, Nevesh, Vitinya, Brunu Fernandesh, Bernardu Silva, Pedru Netu, Krishtianu Ronaldu.
DR Kongo: Mpasi-Nzo, Van-Bissaka, Tuanzebe, Kapyuadi, Mbemba, Masuaku, Mukau, Mutussami, Kayembe, Bakambu, Vissa.
K guruhi 2-turida Portugaliya terma jamoasi O'zbekiston (23 iyun), 3-turda esa Kolumbiya (28 iyun) bilan to'qnash keladi. DR Kongo 2-turda Kolumbiya (24 iyun), 3-turda esa O'zbekiston (28 iyun) bilan kuch sinashadi.



