

"Xursandman, juda ham xursandman. Ammo asosiysi - jamoaning g'alabasi. Jamoa bugun aqlbovar qilmas ishlarni amalga oshirdi. Gollarim muhim, ammo eng keraklisi - jamoaning g'alabasi.
Endi jamoaga yanada yaxshiroq moslashib oldim. Yangi jamoadagi dastlabki besh, olti, etti o'yin oson o'tmaydi. Biroq hozir jamoaning harakatlarini, jamoadagilar mening harakatlarimni tushunib olishmoqda. Qadam va qadam oldinga harakat qilyapmiz. Biz yanada yuqori darajaga chiqa olamiz. Bu men uchun ham muhim", - dedi Ronaldu.
Portugaliyalik futbolchi "Al Nasr"ning so'nggi 10 golida ishtirok etdi: 8 gol va 2 assist.



