"Roma" Smolling bilan shartnomani uzaytirishiga ishonmoqda

Sherzod Nurmatov
10 yanv 2023
"Roma" sport direktori Tiago Pinto klub himoyachi Kris Smolling bilan shartnomani uzaytirishiga ishonch bildirdi.

"Biz hammaga mos keladigan shartlar ustida ishlayapmiz. Kris klub uchun muhim. U biz uchun o'ynashda davom etmoqchi, uning qolishini istaymiz", – dedi Pinto. 

Smolling "Roma" safida 2020 yilning oktyabr oyidan beri to'p tepib kelmoqda. 2022/23 yilgi mavsum u jamoa safida 23 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan. 33 yoshli angliyalikning rimliklar bilan shartnomasi 2023 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Italia