"Roma" O'zbekiston terma jamoasi darvozasiga ikkita gol urgan himoyachi bilan muzokarani boshladi

Tolibjon Qosimov
5 yanv 2021
Turkiya terma jamoasi va "Lill" klubi himoyachisi Zeki Chelik faoliyatini Italiya A seriyasida davom ettirishi mumkin.

Bu haqda "Sky Sport Italia" xabar berdi. O'yinchi bilan "Roma" muzokaralarni boshladi. Chelik joriy mavsum barcha musobaqalarda 15ta o'yin o'tkazdi. Fransiyaning "Lill" klubi o'ng qanot himoyachisi uchun 15 million evro olmoqchi.

Eslatib o'tamiz, 2019 yilning 2 iyun sanasida Turkiya va O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik o'yinida aynan Chelikning dubli turklarga 2:0 hisobidagi g'alabani keltirgandi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Sky Sport Italia