Robert Levandovski: "2020 yil "Oltin to'p" topshirilmaganini hech tushunmayman"

Mirjalol Normatov
22 noya 2024
"Barselona" futbolchisi Robert Levandovski 2020 yilgi "Oltin to'p"ni olishga tayyorligini aytdi.

Sobiq futbolchi Rio Ferdinandning podkastida hujumchi 2020 yilgi "Oltin to'p" topshirish marosimi pandemiya sababli o'tkazilmaganidan xafa bo'lganini aytdi.

- O'sha paytda nima sababligini tushunmaganman. Barcha ligalar o'ynaldi, YCHL ham davom ettirildi. Xo'sh, nima sababdan marosim bo'lmasligi kerak? Bazida futbol ham bir siyosat bo'lib ketadi.

- Agarda "France Football" to'rt yil o'tib, ushbu sovrinni topshiradigan bo'lsa, "Oltin to'p"ni qabul qilgan bo'larmiding?

- Albatta, - dedi 2020 yili "Bavariya" bilan 6ta sovrin yutgan Robert.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: beIN Sports