Robben kimni eng kuchli murabbiy deb hisoblashini aytdi

Alisher
7 yanv 2021
"Groningen" vingeri Aren Robben "Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola haqida gapirdi.

"Men Gvardiolaning katta muxlisiman. Men hujumkor futbolni yaxshi ko'raman, Pep esa bu ishning ustasi. U hujumga va to'pni nazorat qilishga e'tibor qaratadi. Biz har bir mashg'ulotda to'p bilan ishlaganmiz.

Albatta, bu menga yoqqan. Biz bitta to'lqinda bo'lganmiz. Biz u bilan biror marta ham CHLni yutmaganimiz achinarli. Ammo jarohatlar, dikvalifikaciyalar va hakamlarning qarorlari har safar yarim finalda to'xtashimizga olib kedi.

U sabab men yaxshiroq o'yinchiga aylandim. Men uchun Pep - dunyoning eng yaxshi murabbiyi. U bilan 3 yilda Myunxenda ko'p narsa o'rgandim", - deydi Robben.


AlisherMuallif
Manba: Socrates