Robben Niderlandiya termasiga qaytib, Evro-2020'da qatnashmoqchi

Eldor Akmurzayev
9 may 2021
“Groningen” yarim himoyachisi Aren Robben Niderlandiya terma jamoasi ustozi Frank de Burning qo'ng'irog'ini kutmoqda.

Robben Eredivizi doirasida bugun o'tgan “Emmen”ga (4:0) qarshi bahsda ikki golga assist bo'lib, o'yinning eng yaxshi futbolchisiga aylandi.

“Qaytgan bo'lardim. Bu qiziq bo'lar edi, ammo haqiqatga real qarash kerak, buning uchun yaxshi formada bo'lish va foyda bera olishing mumkinligini tushunishing zarur. Oxir oqibatda bu terma uchun oldinga tashlangan qadam bo'ladi.

Evro-2020'ga borish – bu mening eng ashaddiy orzuim, lekin juda ehtiyot bo'lish kerak. Allaqachon ertangi kun afishalarini ko'rmoqdaman. Hozirning o'zida borishni xohlayman deb aytayotganim yo'q, ammo De Bur qo'ng'iroq qilsa, unga “ha” deya javob qilaman”, deydi Robben.

37 yoshli hujumkor futbolchi o'tgan yoz faoliyatini qayta tiklagan. U jarohati tufayli 2020 yil oktyabridan 2021 yil apreligacha o'ynamadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports