Riberi: "Qaysidir pallada Robben bilan biz, Ronaldu va Messidan yaxshiroq o'yin ko'rsatgandik"

Omonjon To`xtamirzayev
27 okt 2023
"Bavariya" sobiq futbolchisi Frank Riberi o'zining Aren Robben bilan o'ynagan davrini esladi.

Futbolchilar 2009 - 2019 yillar oralig'ida birgalikda Myunxen klubi sharafini himoya qilishgan.

"Shaxsiy fikrimga ko'ra, men va Robben ma'lum vaqt davomida, Krishtianu Ronaldu va Messidan ko'ra yaxshiroq o'yin ko'rsata olganmiz. Biroq, ular "El Klasiko"da ishtirok etardi va bu ularning foydasiga ishlagan. Sababi bu o'yinni butun dunyo tomosha qiladi".


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.com