Frank Riberi bu yil "Oltin to'p"ga kim munosib ekanligini aytdi

Aslanov Jasurbek
27 avg 2025
Futzal bo'yicha O'zbekiston Superkubogiga mehmon sifatida taklif etilgan Fransiya futboli afsonasi Frank Riberi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Savol: - O'zbekistonga tashrifingizdan mamnunmisiz. Bizning mamlakat haqidagi taassurotlaringiz? 

Frank Riberi: - O'zbekistonga tashrifimdan oldin menga Kevin aloqaga chiqdi. Tassurotlarim juda katta. Juda saviyali o'yinning guvohi bo'ldim. O'zbekiston juda tez rivojlanib borayotgan mamlakat ekanligini ko'rdik, amin bo'ldik. Jahon chempionatiga yo'llanma olganliklaringiz bilan tabriklayman. O'zbekiston yoshlarida katta ishtiyoqni ko'rayapman. Sizlarning imkoniyatlaringiz katta, bunga shubha yo'q.


Savol: “Oltin to'p” egasini aniqlash tamoyillari haqida fikringiz? Bu yilgi mavsumda kim unga ko'proq loyiq deb o'ylaysiz?

Frank Riberi: - Bu ancha murakkab savol bo'ldi. “Oltin to'p”ni qo'lga kiritilgan mukofotlar, erishilgan yutuqlardan tashqari, sifatli o'yin ko'rsatganligini ham inobatga olib berishsa yomon bo'lmasdi. Bu yilgi mavsumda “Oltin to'p”ni olishga Usmon Dembele ko'proq haqli deb o'ylayman.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia ва t.me/Futsal_Uzbekistan