Rednapp: "Arteta juda katta xatoga yo'l qo'ydi"

Sherzod Nurmatov
23 mar 2026, 16:26
Sobiq futbolchi Jeymi Rednapp Liga Kubogi finalida "Arsenal"ning "Manchester Siti"ga qarshi 0:2 hisobidagi mag'lubiyati haqida fikr bildirdi.

Niko O’Rayli 60 va 64-daqiqalarda ikkita gol urib, o'yinni hal qildi.

"Odamlar Kepa oldingi turlarda maydonga tushgani kabi finalda ham o'ynashga loyiq edi, deyishadi, lekin u Rayya kabi yaxshi emas. Shuning uchun u ikkinchi darvozabon. Xo'sh, nega sovrinlarga juda chanqoq bo'lib turgan payt finalda birinchi darvozabonni maydonga tushirmaysiz? Bu juda katta xato. Murabbiy mas'uliyatni o'z zimmasiga olishi kerak.

Kepa - yaxshi darvozabon, lekin Rayya undan yaxshiroq. Ha, Trafford "Siti"ning birinchi raqamli darvozaboni emas, deyish mumkin, lekin u uchta muhim seyvni amalga oshirdi va keyin to'pga deyarli tegmadi. Unda qiyinchilik bo'lmadi", – dedi Rednapp.

Kepa Arrisabalaga ushbu mavsum Premer-ligada birorta ham o'yin o'tkazmadi, faqat Kubok musobaqalarida maydonga tushdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Mirror