“Milan” va Italiya terma jamoasi afsonasi vafot etdi

Sherzod Nurmatov
31 iyul 2026, 11:40
Bugun, 31 iyul kuni “Milan” va Italiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Franko Barezi hayotdan ko'z yumdi.

U 66 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Milan” matbuot xizmati va bir qator nufuzli Italiya OAV xabar berdi.

Oldinroq matbuotda Barezining og'ir xastalikka qarshi kurashayotgani haqida xabarlar paydo bo'lgan edi.

4.jpg

Eslatib o'tamiz, Franko butun faoliyati davomida faqat “Milan” sharafini himoya qilgan (1978 yildan 1997 yilgacha). U olti bor Italiya chempioni bo'lgan, to'rt marta Italiya Superkubogini qo'lga kiritgan. shuningdek, Barezi 3 marta Chempionlar Ligasi, 1 marta UEFA Superkubogida zafar qozongan.

Italiya terma jamoasi tarkibida Barezi 81 ta o'yin o'tkazgan. Milliy jamoa bilan birgalikda himoyachi JCH-1982 g'olibi bo'lgan. Bundan tashqari, JCH-1994’da kumush va JCH-1990’da bronza medallarini qo'lga kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: acmilan.com