

– Klub uchun allaqachon xalqaro darajadagi ikki yulduzni imzolab qo'ydim.
– “Imzolab qo'ydim” deganda nimani nazarda tutyapsiz? Bu og'zaki kelishuvmi yoki imzolangan shartnoma?
– Agar men prezident etib saylansam, “Real”da ikki nafar yirik xalqaro toifadagi yulduz to'p suradi. Menda bu bo'yicha kelishuv mavjud. Ushbu ikki yulduz klubning qisqa, o'rta va uzoq muddatli sport loyihasi uchun juda zarur.
– Bu haqda keyingi ikki hafta ichida e'lon qilasizmi?
– Katta ehtimol bilan, ha, – deya bayonot berdi Enrike Rikelme.



