

Italiya klubi bugun bosh murabbiy Allegri, sport direktori Igli Tare, bosh ijrochi direktor Djordjio Furlani va texnik direktor Jeffri Monkadaning iste'fosini e'lon qilgan edi. "La Gazzetta dello Sport" nashri ishdan bo'shatilgan xodimlarga to'lanadigan kompensaciya miqdorini oshkor qildi.
Xabarga ko'ra, Furlani 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnomasiga asosan bonuslar bilan birga taxminan 10 million evro ishlab topishi kerak edi (soliqlar chegirilgunga qadar). Allegrining shartnomasi 2027 yilgacha amal qilishini inobatga olsak, u 9 million evro "kul rang" maosh olishi mumkin edi, Igli Tarening ulushi esa taxminan 3 million evroni tashkil etadi.
Jeffri Monkadaning shartnomasi esa joriy mavsum yakunida tugayotgan edi. Shu sababli "Milan" unga faqatgina iyun oyi uchun tegishli bo'lgan maoshini to'lab beradi.
Takidlanishicha, bu raqamlar hali yakuniy emas: klub ishdan bo'shatilgan mutaxassislar bilan muzokaralar olib borib, kompensaciya miqdorini kamaytirishga erishishi mumkin. Misol uchun, Allegri kompensaciyaning bir qismidan voz kechishi evaziga unga 2026/27 yilgi mavsumda boshqa klubda ishlash uchun ruxsat berilishi mumkin.



