Rasman: "Milan" Allegri hamda direktorlar - Tare, Furlani va Monkadani iste'foga chiqardi

Aslanov Jasurbek
25 may 2026, 21:34
"Milan" jamoasi bosh murabbiy Massimiliano Allegri hamda klubning uch nafar yuqori lavozimli rahbarini ishdan bo'shatdi.

A Seriyaning yakunlangan mavsumi natijalariga ko'ra, "rossoneri" turnir jadvalida 70 ochko bilan 5-o'rinni egalladi va Chempionlar Ligasi yo'llanmasidan quruq qoldi.
Muvaffaqiyatsiz mavsumdan so'ng Italiya klubi bosh murabbiy Allegri, sport direktori Igli Tare, bosh ijrochi direktor Djordjio Furlani va texnik direktor Djeffri Monkada o'z lavozimini tark etganini rasman e'lon qildi.
Shu tariqa, Allegri 2025 yilning may oyida "Milan"ga qaytganidan keyin klubda atigi bir mavsum ishlay oldi, xolos. O'sha paytda Igli Tare ham klubga sport direktori etib tayinlangan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: acmilan.com