Mourinyuning "Real"dagi maoshi ma'lum

Sherzod Nurmatov
25 may 2026, 14:03
Joze Mourinyu tez orada "Real" bosh murabbiyi lavozimini egallaydi.

Ispaniyaning "Sport" nashriga ko'ra, Mourinyu Madrid klubida Xabi Alonso bilan bir xil maosh oladi. Unga mavsum uchun 6 million evro sof maosh to'lanadi.

So'nggi kunlarda matbuotda Joze Mourinyuning transfer rejalari haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi. Portugaliyalik murabbiy allaqachon o'z tarkibi ustida ishlamoqda.

"Real" Ispaniya chempionatida 2-o'rinni band etdi. Madrid klubi 2025/2026 yilgi mavsumning o'rtalarida murabbiyni almashtirdi va Xabi Alonso o'rniga Alvaro Arbeloani qo'ydi. Biroq "qaymoqranglilar" yakunda birorta ham sovrinni qo'lga kirita olmadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport.es