

Avvalroq Eron futbol federatsiyasi prezidenti Mehdi Toj jamoaning mashg'ulotlar bazasi AQSHdan Meksikaga ko'chirilganini ma'lum qilgan edi.
"Amerika Qo'shma Shtatlari Eron jamoasi o'z hududida bo'lishini xohlamadi. Shundan so'ng ular [Eron] bizga: “Meksikada baza tashkil qilsak bo'ladimi?” deb so'rashdi, biz esa: “Ha, hech qanday muammo yo'q”, deya javob qaytardik", - dedi Meksika Prezidenti.
Eslatib o'tamiz, JCH-2026 musobaqasi 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo'lib o'tadi.



