Mendesh Mourinyuni "Real"ga olib kelish uchun cho'ntagidan pul to'lashga tayyor

Sherzod Nurmatov
25 may 2026, 18:33
Joze Mourinyu manfaatlarini himoya qiladigan agent Jorje Mendesh "Special One"ni "Real"ga qaytarish ustida ishlamoqda.

Portugaliyalik murabbiy "Benfika"ni tark etishga va "qaymoqranglilar"ni boshqarishga tayyor, ammo uning tovon puli bandi masalasi hali hal qilinmagan.

Jurnalist Xose Feliks Diasning so'zlariga ko'ra, Mendesh kelishuv buzilmasligi uchun Mourinyuning tovon pulini o'zi to'lashga rozi. Ushbu band yaqin orada kuchdan qoladi va "Real" Mourinyuning tayinlanishini faqat prezidentlik saylovi tugaganidan keyingina e'lon qilishi mumkin.

2.jpg

Avvalroq sotib olish bandi 3 million evrodan 6 million evrogacha bo'lishi haqida xabar berilgandi. Ispaniya grandining avvalgi murabbiyi Alvaro Arbeloa allaqachon o'z lavozimini tark etgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Diario AS