"Real" futbolchisi Saudiya ligasinig eng ko'p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylanishi mumkin

Aslanov Jasurbek
22 iyun 2024
Yana bir Saudiya Arabistoni klubi Nacho Fernandes uchun kurashga qo'shilishi kutilmoqda.

Oldinroq, "Real" himoyachisi "Al Ittihod"ga o'tishga yaqin ekanligi haqida xabarlar paydo bo'lgan edi. Ammo ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi rasmiy taklif olgani yo'q. Jidda klubi yangi mavsumda qanday byudjetga ega bo'lishi ma'lum emas.

Saudiya oliy ligasiga chiqqan "Al Qodisiya" transferni ilib ketishi mumkin. Klubga Saudiya Arabistonining eng yirik neft kompaniyasi Aramco egalik qiladi. Ular jamoa mamlakatdagi eng yaxshilaridan biri bo'lishini xohlashmoqda.

Agar Nacho "Al Qodisiya"ga o'tsa, ligadagi eng ko'p maosh oluvchi futbolchilardan biriga aylanishi mumkin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Relevo