Nadal "Real Madrid" direktorlar kengashi tarkibiga kirdi

Sherzod Nurmatov
23 noya 2026, 11:38
"Ulkan toj" turnirlarining 22 karra chempioni Rafael Nadal Madridning "Real" klubi direktorlar kengashi a'zosiga aylandi.

Ushbu tayinlov futbol klubi a'zolarining umumiy assambleyasida rasman tasdiqlandi.

"Katta rahmat. Bu men uchun ulkan mas'uliyat. "Real"ga bo'lgan muhabbat ota-onalardan farzandlarga o'tadi. Aynan shu narsa insonlarni birlashtiradi. Bunday imkoniyatga ega bo'lish - katta sharaf. Mas'uliyat cheksiz va men uni chuqur kamtarlik bilan qabul qilaman. Shu yerda bo'laman va uzoq yillar davomida qolishga umid qilaman.

"Real" hozirgidek muvaffaqiyatli klub bo'lib qolishi va kelajakda ham yutuqlarga erishishi yo'lida mehnat qilaman. Barchaga katta rahmat va Hala Madrid!", – deya ta'kidladi Nadal.

O'xshash yangiliklar

Sherzod NurmatovMuallif
Manba: realmadrid.com