AQSHning Fox Sports telekanali JCH-2026 dagi suv ichish tanaffuslaridagi reklamalar evaziga 250 mln dollar ishlab oladi

Aslanov Jasurbek
20 iyun 2026, 13:23
AQSHning Fox Sports telekanali suv ichish tanaffuslari hisobiga 250 mln dollar ishlab oladi.

BBC xabariga ko'ra, AQSHning Fox Sports telekanali JCH-2026 o'yinlaridagi suv ichish tanaffuslari vaqtida reklama berish orqali 250 million dollar daromad ko'radi. Ushbu turnir uchun har bir bo'lim o'rtasida uch daqiqalik majburiy tanaffuslar joriy etilgan. Aksariyat teleradiokompaniyalar ulardan reklama namoyish etish uchun foydalanmoqda. Roliklar hakamning tanaffus uchun xushtagidan 20 soniya o'tib boshlanishi va o'yin davom ettirilishiga 30 soniya qolganda yakunlanishi kerak. Bu shuni anglatadiki, har bir translyatsiya qiluvchi kompaniyada har bir o'yinda 30 soniyalik 8 ta rolik ko'rsatish imkoniyati mavjud. Turnir davomida jami 832 ta rolik efirga uzatiladi. Amerikaning Fox Sports kanalida 30 soniyalik rolikning o'rtacha narxi 200 ming dollardan 300 ming dollargachani tashkil etadi. AQSH terma jamoasi ishtirokidagi o'yinlarda, shuningdek, turnirning yakuniy bosqichlarida bu summa 750 ming dollargacha ko'tariladi. Shu tariqa, suv ichish tanaffuslaridagi reklama kanalga 250 million dollardan ortiq foyda keltirishi mumkin. Agar butun dunyo bo'yicha hisoblasak, summa 1 milliard dollardan oshib ketishi mumkin. Suv ichish tanaffuslaridagi reklamalar Meksika, Kanada, Fransiya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Xitoy, Yaponiya, Hindiston, Avstraliya, Yaqin Sharq va Saxaradan janubda joylashgan Afrika mamlakatlarida ham namoyish etilmoqda. Shu bilan birga, Buyuk Britaniyada bo'limlar ichidagi tanaffuslarda reklama yo'q – BBC principial ravishda reklamadan foydalanmaydi, ikkinchi translyatsiya qiluvchi (ITV) esa 60 daqiqalik reklama vaqti limiti tufayli uni ko'rsatmaydi. Amerikaning ispan tilida efirga uzatiladigan Telemundo kanali ham reklama namoyishidan voz kechdi. U lotin amerikaliklarga yo'naltirilgan. Takidlanishicha, har bir mamlakatda translyatsiya qiluvchi kompaniyalar reklama slotlarini o'zlari sotadi, shu sababli FIFA qo'shimcha tanaffuslardan bevosita foyda ko'rmaydi. Agar suv ichish tanaffuslari keyingi Jahon chempionatlarida ham qo'llanilsa, bu translyatsiya huquqlari narxining oshishiga olib kelishi mumkin. Bunday holda, FIFA qo'shimcha daromad oladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC