

Eslatib o'tamiz, u Ispaniya terma jamoasi safida bo'lganida jarohat oldi va oktyabr oyidagi o'yinlarda qatnashmaydi.
El Chiringuito jurnalisti Xose Luis Sanchesning xabar berishicha, Heysen 19 oktyabr kuni Xetafega qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi, Yuventusga qarshi Chempionlar Ligasi bahsida ishtirok etishi shubha ostida. Biroq u 26 oktyabr kuni bo'ladigan Barselonaga qarshi uchrashuvgacha to'liq tiklanishi kutilmoqda.
The Athletic muxbiri Gilermo Rai ham futbolchi ikki haftadan so'ng safga qaytishini ma'lum qildi.



