"Real" futbolchilariga YCHL yarim finali uchun 500 000 evrodan mukofot vada qilingan ekan

Aslanov Jasurbek
13 may 2026, 18:57
"Real" futbolchilari Chempionlar Ligasining yarim finaliga chiqqanlari taqdirda pul mukofoti olishlari kerak edi.

Madridliklar chorak final bahslarida "Bavariya"ga (1:2, 3:4) imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etishdi.

"As" nashri xabariga ko'ra, myunxenliklar bilan dastlabki o'yindan so'ng "Real" rahbariyati futbolchilarni Chempionlar Ligasida qolish uchun qo'shimcha motivaciya bilan taminlash kerakligini tushunib etgan. Klub prezidenti Florentino Peres va uning hamkasblari har bir futbolchiga yarim final yo'llanmasi uchun (soliqlar chegirilgunga qadar) 500 000 evrodan taklif qilishga qaror qilishgan.

Bu kabi mukofotlar ko'p yillar oldin muhim o'yinlarda futbolchilarni rag'batlantirish maqsadida keng qo'llanilgan, biroq keyinchalik "Real" e'tiborni jamoaviy va yirikroq muvaffaqiyatlar uchun taqdirlashga qaratgan edi.

Ushbu mablag'larni YCHL yarim finalidan keladigan daromadlar hisobiga qoplash mumkin edi. Yarim finalga chiqish "Real"ga 15 million evro miqdorida bonus, shuningdek, chiptalar sotuvidan taxminan shuncha miqdordagi daromadni kafolatlardi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As