Mourinyu "Real"ga qaytishining asosiy sababini aytdi

26 iyun 2026, 15:28
Madridning "Real" klubi yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyu "Real"ga qaytishining asosiy sababini ochiqladi.

"Men "Real"ga bo'lgan sevgimni inkor etmayman va aynan shu sababli orqaga qaytmoqdaman. Tinchlikni saqlash, tahlil qilish, muloqot qilish, savollar berish va ularga javob qaytarish, erkin hamda halol muloqot olib borish vaqti keldi", - deya portugaliyalik mutaxassisning so'zlarini keltiradi "Vanity Fair" nashri.

Shu yozda Mourinyu faoliyatida ikkinchi marta "Real" boshqaruviga keldi - portugaliyalik mutaxassis madridliklar klubida avval 2010 yildan 2013 yilgacha mehnat qilgan edi. Uning qo'l ostida jamoa Ispaniya chempionati, Kubogi va Superkubogini qo'lga kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Vanity Fair