"Real" bugun "Barselona"dan o'tib ketishi va navbatdagi rekordlarni o'rnatishi mumkin

Tolibjon Qosimov
14 avg 2024
Bugun tunda UEFA Superkubogi uchun bahsda "Real" va "Atalanta" o'zaro bahs olib boradi.

Agar bugun madridliklar bergamoliklarni taslim etishsa ikkita e'tiborga molik rekord o'rnatiladi. "Qirollik klubi" "Atalanta"ni mag'lub etsa, azaliy raqibi "Barselona" hamda "Milan"ni ortda qoldirib UEFA Superkubogining 6 karra g'olibiga aylanadi. Bundan tashqari, madridliklar ustozi Karlo Anchelotti murabbiy sifatida ushbu sovrinni 5 bor qo'lga kiritgan ilk mutaxassisga aylanadi.

Himoyachi Dani Karvaxal va yarim himoyachi Luka Modrich esa o'yinchi sifatida Superkubokni besh marta yutgan ilk qahramonlarga aylanishlari mumkin.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: uefa.com