"Real" Anchelottiga o'rinbosar topdi

Aslanov Jasurbek
30 mar 2024, 14:39
"Real" Xabi Alonsoni "Qirollik klubi" bosh murabbiyiga aylantirmoqchi.

Oldinroq ispaniyalik mutaxassis "Bayer"dan ketmasligini e'lon qilgan edi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Madrid klubi mutaxassis "Bayer"da qolayotganidan mamnun, chunki "Real" rejalariga to'g'ri keladi. Madridliklar Xabi Alonsoni Karlo Anchelotti o'rinbosari sifatida ko'rmoqda.

"Real"dagilarning fikricha, Alonso "Qirollik klubi" uchun ideal variant, chunki u murabbiy sifatida zamonaviy va klassik yondashuvni birlashtira olgan.

Ispan klubi Alonsoni 2025 yilda, Karlo Anchelotti jamoani tark etishi kutilayotgan davrda bosh murabbiy etib tayinlamoqchi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Relevo