"Real" 10 kun ichida to'rtinchi futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

27 noya 2026, 22:31
"Real" asosiy jamoa futbolchilari bilan yangi shartnomalar tuzishni davom ettirmoqda.

Arda Gyuler, Orelen Chuameni va Tibo Kurtua bilan kelishuvlarni uzaytirgan madridliklar endi Braim Dias bilan ham yangi shartnoma imzoladi.

Marokashlik yarim himoyachi bilan shartnoma 2031 yil 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Braim 2019 yildan beri "Real" sharafini himoya qilib kelmoqda.

U madridliklar safida 173 ta uchrashuvda ishtirok etib, 22 ta gol va 34 ta golli uzatma qayd etgan. Braim "Real" bilan 7 ta sovrinni qo'lga kiritgan: Chempionlar ligasi, klublar o'rtasidagi jahon chempionati, UEFA Superkubogi, ikki marta Ispaniya chempionligi va ikki marta Ispaniya Superkubogi.

Shuningdek, klub Jud Bellingem va Federiko Valverde bilan ham shartnomani uzaytirish bo'yicha kelishuvga yaqin ekani aytilmoqda.

O'xshash yangiliklar

Manba: realmadrid.com