"Real" 2026/27 yilgi Chempionlar Ligasi pley-off bosqichiga birinchi bo'lib yo'l oldi

Sherzod Nurmatov
26 noya 2026, 12:30
"Real" 2026/27 yilgi mavsum Chempionlar Ligasining pley-off bosqichida ishtirok etishni kafolatlagan ilk jamoaga aylandi.

25 noyabrdan 26 noyabrga o'tar kechasi Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 5-tur uchrashuvlari yakunlandi. "Qaymoqranglilar" seshanba kuni PSVni yirik hisobda mag'lub etdi (5:1) va 15 ochko bilan turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilmoqda - Madrid jamoasi birorta ham o'yinda mag'lub bo'lmadi va yo'qotishlarsiz borayotgan yagona klub bo'lib turibdi.

"Real" umumiy bosqichning qolgan uchrashuvlarida mag'lub bo'lgan taqdirda ham, matematik jihatdan 23-o'rindan pastga tushib kyetmaydi. Shu tariqa, "qaymoqranglilar" Chempionlar Ligasining pley-off bosqichida ketma-ket 30-marta ishtirok etadi.

O'xshash yangiliklar

Sherzod NurmatovMuallif
Manba: realmadrid.com