

- O'yin haqida fikringiz?
- So'zim avvalida lirik chekinish qilmoqchiman. "Qo'qon-1912"dagi birinchi ish kunimdan beri klub rahbariyati, viloyat hokimligi va albatta muxlislar shaniga meni hech kim qo'llab-quvvatlamadi deb hech qanday yomon so'z gapirmadim. Bu mening yurakdan chiqayotgan so'zlarim. Men jamoa uchun juda qayg'uraman. Afsuski, shunaqa holatga tushib qoldik. Bu nima bilan bog'liq bilmayman. Bizga shunchaki omad kulib boqmayapti. Bu muammoni hal qilish uchun bir nechta yo'lni sinab ko'rdik.
Bugun ko'rsatgan o'yinimiz uyda avalgi bahsning kopiyasi bo'ldi. Deyarli bir xil futbol ko'rsatdik. Men yigitlarga sovuqon bo'lib tartibli o'ynashimiz kerakligini aytdim. Ortiqcha narsa xohlamadim. Raqibni ham yaxshi o'rganib chiqqandik. Sutkalab uxlamasdan raqib o'yinlarini ko'rdik, ko'zlarim qizarib ketdi. Bir narsa tushunmayapman: ilgari video tahlillar bo'lmmasdi. O'z paytida bizga hech kim raqibning o'yinlarini qo'yib bergan emas. Murabbiylar faqat gapirardi. Hozir esa hammaga video ko'rsatamiz. Kerakli gaplarni aytamiz. Jamoa bilan muloqot qilamiz. Lekin omad yo'q.
3 dekabr kuni Namanganda o'yinimiz bor, keyin 6 dekabr kuni o'tish o'yinida maydonga tushamiz. Yigitlarga oxirigacha professional bo'lib qolish kerakligini aytdim. Men jamoa uchun borimni berdim. Klubdagi hamma bilan munosabatim yaxshi deb o'ylayman. Har qanday holatda o'zimdan mas'uliyatni olib tashlamayman. Hozirgi vaziyatdan chiqib ketishga harakat qilamiz. Birinchi raqamli vazifa biz uchun "Qo'qon-1912"ni Superligada olib qolish. Toki bosh murabbiy ekanman astoydil ishlashda davom etaman.
- "Qo'qon-1912"ning o'tish o'yinlari orqali Superligada qolishini necha foizga baholaysiz?
- Bilmadim. Foizlarni bilmayman. Lekin klub bilan shartnomam bor va har bir ishga mas'uliyat bilan yondashaman. Buning uchun futbolchilar ham bizga energiya berishlari kerak. Energiya faqat murabbiydan chiqsa buning foydasi yo'q deb o'ylayman. Men uchun boshqa jamoalar, boshqa o'yinlar, Osiyo chempionlar ligasi bo'ladimi yo boshqami, umuman qizig'i yo'q. Men uchun faqat bitta narsa qiziq: "Qo'qon-1912"ni Superligada olib qolish.



