“Bavariya” Keynning o'rnini argentinalik hujumchi bilan to'ldirmoqchi

Sherzod Nurmatov
27 noya 2026, 19:45
"Bavariya" ayni paytda erkin agent maqomida bo'lgan hujumchi Mauro Ikardiga qiziqish bildirmoqda.

Bu haqda “Bild” xabar berdi.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, nemis klubi Harri Keyn yo'qligida uning o'rnini bosa oladigan, angliyalik hujumchi safga qaytganidan so'ng esa zaxira o'yinchisi roliga tayyor bo'ladigan forvard qidirmoqda. "Bavariya" xalqaro maydonda o'ynash tajribasiga ega futbolchi bilan shartnoma imzolashni istaydi.

2.jpg

Eslatib o'tamiz, 20 noyabr kuni 33 yoshli angliyalik hujumchi "Kyoln"ga qarshi o'yinning 20-daqiqasida sindesmoz boylami uzilishi sababli almashtirilgandi. Ushbu mavsumda Keyn klub miqyosidagi barcha turnirlarda 16 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

33 yoshli argentinalik futbolchi esa yozda erkin agent sifatida "Galatasaroy"ni tark etgan. O'tgan mavsumda u barcha turnirlarda 16 ta gol urgan. Ikardi avvalroq PSJ, "Inter" va "Sampdoriya" klublarida o'ynagan.

O'xshash yangiliklar

Sherzod NurmatovMuallif