

Shu orqali jamoa turnir jadvalida 15-o'rinni egallashi aniq bo'lib ulgurdi.
O'zPFL jamoaning o'tish o'yini bo'ladigan stadion nomini ma'lum qildi.
“Pley-offda qo'qonliklarga ehtimoliy “Andijon” raqiblik qiladigan bo'lsa, uchrashuv Namangandagi “Markaziy” stadionda o'tkaziladi. Qolgan barcha holatlarda o'yin “Lokomotiv” stadionida bo'lib o'tadi”, - deb yoziladi bayonotda.
Qo'qonliklarning raqibi 30-turdan keyin Superliga turnir jadvalida 12-o'rinni egallagan jamoa bo'ladi.



